"Kelajak muhandislari" startap akseleratsiya dasturiga ro'yxatdan o'tib, tahsil olish huquqini qo'lga kiritgan ishtirokchilar ro'yxati.
Maxsus qurilmalar metro, savdo markazlari va jamoat joylarida o'rnatiladi: fuqaro plastik shishani tashlaydi, sun'iy intellekt sifatni tekshiradi va bu blokcheynda qayd etiladi, so'ng tartibga solingan steyblkoin tokenlari avtomatik ravishda fuqaroning hamyoniga o'tkaziladi. Har bir qayta ishlash jarayoni blokcheynda noyob NFT sertifikat sifatida ham qayd etiladi. Fuqarolar uchun bu — shisha tashlash orqali pul ishlash imkoniyati: hamyonga tushgan steyblkoinni naqd pulga aylantirish mumkin.
Bu past balandlikda tez uchuvchi havo tahdidlarini (kamikadze-dronlarni) yo'q qilish uchun mo'ljallangan yuqori texnologiyali antidron-interceptordir. Loyiha "Tail-sitter" konstruktiv sxemasi asosida yaratilgan bo'lib, u vertikal ko'tarilish va havoda raketa kabi gorizontal parvoz qilish imkoniyatiga ega. Qurilma mahalliy muhandislar tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u havoda 450 km/soat rekord tezlikka erisha oladi. Kelajakda loyihaga Sun'iy Intellekt (AI) moduli integratsiya qilinadi. Ushbu SI tizimi havodagi nishonni inson (operator) ishtirokisiz avtomatik aniqlash, nishon traektoriyasini prognoz qilish hamda radioelektron kurash (REK) vositalari ta'siri ostida ham vazifani mustaqil bajarish imkonini beradi. Tizim strategik obyektlar va chegara hududlarini samarali himoya qiluvchi ilk mahalliy "aqlli" havo qalqonidir.
"Choco-Print Pro 2.0" loyihasi — bu oziq-ovqat sanoati va muhandislikni birlashtirgan, to'liq avtomatlashtirilgan, o'zi mustaqil ravishda ishlovchi 3D shokolad printer kioski hisoblanadi. Ushbu innovatsion qurilma sensorli ekran va maxsus dasturiy ta'minot orqali boshqarilib, inson omilisiz turli murakkablikdagi shokoladli shakllar, logotiplar va yozuvlarni yuqori aniqlikda chop etadi. Loyihaning asosiy maqsadi — texnoparklar, savdo markazlari va ko'ngilochar maskanlarda mijozlarga real vaqt rejimida eksklyuziv shokolad mahsulotlarini tayyorlab beruvchi tayyor biznes-model (smart-kiosk) yaratishdir.
"Kelajak Transporti" — bu yosh muhandislar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion transport loyihasi bo'lib, uning asosiy maqsadi turli vazifalarni bajarishga moslasha oladigan universal modulli elektr avtonom platformani yaratishdan iborat. Platforma logistika, sanoat, qishloq xo'jaligi, kommunal xizmatlar va maxsus operatsiyalarda qo'llanilishi mumkin. Loyiha zamonaviy elektr transporti, sun'iy intellekt va avtonom boshqaruv texnologiyalarini birlashtirgan bo'lib, xarajatlarni kamaytirish, ish unumdorligini oshirish va mahalliy innovatsion mahsulot yaratishga xizmat qiladi. Hozirgi kunda loyihaning dastlabki prototipi ishlab chiqilgan va uni yanada takomillashtirish ishlari olib borilmoqda.
"Chiqindilardan energiya olish uchun aqlli konteyner" loyihasi maishiy chiqindilarni samarali boshqarish, saralash va ulardan qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishga qaratilgan innovatsion tizimdir. Loyiha doirasida sensorlar, kamera va IoT texnologiyalari bilan jihozlangan aqlli konteyner yaratiladi. Konteynerga tashlangan chiqindilar avtomatik ravishda aniqlanib, turiga qarab saralanadi. Organik chiqindilar maxsus biogaz reaktoriga yo'naltiriladi va mikroorganizmlar yordamida parchalanib biogaz hosil qiladi. Hosil bo'lgan biogaz generator orqali elektr energiyasiga aylantiriladi hamda akkumulyatorlarda saqlanadi.
Tijorat binolari, transport vositalari va kon-metallurgiya texnikasi uchun mo'ljallangan avtomatik, ikki bosqichli (kukun + suyuqlik) yong'in o'chirish tizimi. Tizim sun'iy intellektga asoslangan harorat sensori bilan jihozlangan: u haroratning keskin ko'tarilishini real vaqtda aniqlaydi va inson aralashuvisiz o'chirish mexanizmini avtomatik ishga tushiradi. Mahsulot ikki konstruksiyada ishlab chiqiladi — devorga o'rnatiluvchi tijorat moduli va og'ir kon texnikasining dvigatel bo'limiga o'rnatiluvchi kompakt modul. Bir martalik import o'chirgichlardan farqli ravishda, tizim qayta to'ldiriladigan bo'lib, butun hayot davri xarajatlarini taxminan 70% kamaytiradi.
AeroLift — bu odamlarni tashish, og'ir yuklarni yetkazib berish va maxsus vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan ko'p funksiyali vertikal uchish va qo'nish imkoniyatiga ega uchuvchisiz aviatsiya platformasidir. Modul konstruksiyasi tufayli tizim turli ehtiyojlarga tez moslashtirilishi mumkin: yo'lovchi kabinasini, qishloq xo'jaligi uchun purkash bakini yoki maxsus uskunalarni o'rnatish imkonini beradi. Loyiha mudofaa sohasida ham logistika, yuk tashish, razvedka, hududlarni monitoring qilish hamda qutqaruv operatsiyalarini qo'llab-quvvatlash uchun foydalanilishi mumkin. AeroLift universalligi, yuqori harakatchanligi va an'anaviy aviatsiya texnikalariga nisbatan pastroq ekspluatatsiya xarajatlari bilan ajralib turadi.
"Robot savatcha"ning 9 ta xususiyatlari mavjud bo'lib, bir vaqtni o'zida barcha funksiyalarni bajara oladi. Bu savatchada Harid vaqtini qisqartiradi, qulay to'lov tizimi, Naqd pul aylanmasini kamaytirish, mahsulotni yuqori aniqlikda tekshirish, harid jarayonidagi qulayliklar (mahsulotni qaytarish va shu kabilar), sotuvchilarni chaqirish tugmasi, telefon zaryodlovchi qurilmaning mavjudligi, mahsulotning umumiy og'irligini aniqlash, Qon bosimini o'lchash qurilmalari mavjud bo'lib, xaridor uchun ko'plab qulayliklarni nomoyon eta oladi.
Sun'iy intellekt, kompyuter ko'rish texnologiyalari va avtonom boshqaruv algoritmlariga asoslangan innovatsion anti-dron platformasidir. Tizim havo hududidagi dronlar, kamikadze-dronlar va boshqa past balandlikda harakatlanuvchi uchuvchi obyektlarni real vaqt rejimida aniqlash, identifikatsiya qilish, kuzatish va zararsizlantirish imkoniyatiga ega. Loyihaning asosiy maqsadi — zamonaviy havo tahdidlariga qarshi mahalliy, yuqori texnologik va iqtisodiy jihatdan samarali yechim yaratish hamda mamlakatning texnologik xavfsizlik salohiyatini mustahkamlashdan iborat.
Ushbu loyiha yirik o't o'chirish texnikalari jismonan kira olmaydigan tor va yuqori darajada xavfli hududlarda yong'in o'chog'iga yaqin borish hamda suv yoki ko'pik purkash monitori orqali yong'inni bevosita o'chirishga mo'ljallangan gusenitsali robot-mashinadir. Qurilma uzoq masofadan boshqarilib, favqulodda vaziyatlarda inson omilini chetlab o'tgan holda qutqaruvchilar hayotini saqlash va yong'inlarni xavfsiz masofadan samarali bartaraf etish imkonini beradi.
Ushbu loyiha sun'iy intellekt asosida ishlovchi avtonom qurilma yordamida chiqindilarni aniqlash, yig'ish va saralash jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi nafaqat atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish, balki fuqarolarda ekologik madaniyat va mas'uliyat hissini shakllantirishdir. Qurilma jamoat joylari, bog'lar, ta'lim muassasalari va aholi gavjum hududlarida samarali faoliyat yuritib, chiqindilarni boshqarish xarajatlarini kamaytiradi. Kelajakda tizim rag'batlantirish mexanizmlari bilan integratsiya qilinib, chiqindilarni to'g'ri topshirgan fuqarolar uchun iqtisodiy manfaat yaratadi. Natijada ekologik muammolarni hal qilish bilan birga, jamiyatning tabiatga bo'lgan munosabatini ijobiy tomonga o'zgartirish va barqaror yashil iqtisodiyot rivojiga hissa qo'shish ko'zda tutilgan.
3 g'ildirakli iqtisodiy elektromobil bo'lib, quyosh energiyasi yordamida harakatlanadi. Transport vositasi tom qismiga o'rnatilgan quyosh panellari orqali akkumulyatorini qo'shimcha ravishda zaryadlaydi va energiya samaradorligini oshiradi. Ushbu yechim elektr energiyasi sarfini kamaytirish, ekspluatatsiya xarajatlarini qisqartirish hamda ekologik toza transport vositasidan foydalanish imkonini beradi.
Ushbu loyiha elektr tarmoqlaridagi tok, kuchlanish va boshqa muhim ko'rsatkichlarni real vaqt rejimida monitoring qilishga mo'ljallangan. Tizim yuzaga keladigan nosozliklarni erta aniqlaydi, operatorlarni ogohlantiradi va ma'lumotlarni tahlil qiladi. Bu elektr ta'minotining ishonchliligini oshirish, avariyalarni kamaytirish hamda energiya samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.
Ushbu loyiha universitet hududida inson omilisiz, 24/7 rejimida ishlaydigan ko'p funksiyali intellektual kiosklar tarmog'ini tashkil etishni ko'zda tutadi. Qurilma oddiy printerlardan o'zining quyidagi afzalliklari bilan tubdan farq qiladi: masofaviy boshqaruv va vaqtni tejash — talabalar navbatda turmasdan, hujjatlarini Telegram bot orqali oldindan yuklab, kioskka kelgan zahoti soniyalar ichida chop etib olishlari mumkin.
UpWheelchair — nogironligi bo'lgan insonlarning mustaqil harakatlanishi va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan innovatsion tik turuvchi elektr aravacha loyihasidir. Qurilma foydalanuvchiga o'tirgan holatdan tik holatga o'tish imkonini beradi, bu esa qon aylanishini yaxshilash, mushaklar faoliyatini qo'llab-quvvatlash va kundalik ishlarni qulay bajarishga yordam beradi. Loyiha zamonaviy texnologiyalar, xavfsiz boshqaruv tizimi va ergonomik dizayn asosida ishlab chiqilgan bo'lib, nogironligi bo'lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning jamiyatdagi integratsiyasini qo'llab-quvvatlashni maqsad qiladi.
Ushbu loyiha masofadan boshqariladigan ko'p maqsadli g'ildiraksiz (gusenitsali) robot-platforma hisoblanadi. Robot xavfli hududlarda ishlash, sapyorlik vazifalarini bajarish hamda jangovar va qutqaruv operatsiyalarida foydalanish uchun mo'ljallangan. Gusenitsali yurish tizimi unga notekis yerlar, qum, loy va boshqa murakkab sharoitlarda harakatlanish imkonini beradi. Loyihaning ikki asosiy konfiguratsiyasi mavjud: birinchi variant yaradorlarni evakuatsiya qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, uning ustki qismida zambil o'rnatiladi va robot xavfli hududdan yaradorlarni xavfsiz olib chiqishi mumkin; ikkinchi variant esa yuqori qismiga o'rnatilgan pulemyot moduli bilan jihozlanib, hududni himoya qilish va masofadan jangovar vazifalarni bajarishga xizmat qiladi.
TSTU — bu aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion qurilma hisoblanadi. Foydalanuvchilar Telegram bot yoki qurilma interfeysi orqali kerakli kitobni tanlaydi va bankomat avtomatik ravishda kitobni chiqarib beradi. Qurilmada bir vaqtning o'zida 120 tagacha kitob saqlash imkoniyati mavjud. Kitob bankomatlarini parklar, xiyobonlar, ta'lim muassasalari va boshqa jamoat joylariga o'rnatish rejalashtirilgan. Loyiha kitoblarga qulay va tezkor kirishni ta'minlab, jamiyatda kitobxonlikni oshirishga xizmat qiladi.
Robot-Patrul — O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi va PPX xodimlari uchun maxsus ishlab chiqilgan, masofadan boshqariladigan yerda yuruvchi qo'riqlov roboti tizimi. Robot pult yoki kompyuter orqali yarim avtomatik rejimda boshqariladi. FPV kamera yordamida operator joylashgan joyidan hamma narsani real vaqtda kuzatib boradi. Ikki tomonlama ovoz uzatish funksiyasi orqali operator robot atrofidagi odamlar bilan bevosita muloqot qila oladi.
Payvand choklari sifatining notekis bo'lishi, qo'lda payvandlashdagi inson omili sababli yuzaga keladigan xatolar, ishlab chiqarish unumdorligining pastligi, material sarfi va qayta ishlash xarajatlarining yuqoriligi hamda murakkab va nozik detallarni aniq payvandlash qiyinligi — ushbu muammolarni hal etish uchun ishlab chiqilgan loyiha payvandlash sifatini oshirish, inson omilidan kelib chiqadigan xatolarni kamaytirish, ishlab chiqarish unumdorligini oshirish hamda material va vaqt sarfini qisqartirishga qaratilgan.
Elektr energiyasi, tabiiy gaz va aloqa tarmoqlarini tortib borish iqtisodiy jihatdan qimmat yoki texnik jihatdan murakkab bo'lgan hududlar uchun mo'ljallangan innovatsion avtonom energiya tizimidir. Ushbu qurilma qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida ishlaydi hamda olis va infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarni uzluksiz energiya bilan ta'minlash imkonini beradi.
Tibbiyot amaliyotida tomchili infuzion terapiya (kapelnitsa) juda keng qo'llaniladi. Infuzion eritma tugab qolganida tizim ichiga havo kirishi va venoz qon aylanishiga o'tishi mumkin. Bu esa havo emboliyasi kabi xavfli asoratlarni yuzaga keltiradi.
Ushbu loyiha piyoz yetishtirish jarayonini to'liq mexanizatsiyalash maqsadida ishlab chiqilgan mini zanjirli traktor va unga mos agregatlardan (seyalka hamda piyoz yig'ishtirib oluvchi qurilma) iborat. Tizim piyozni urug'dan ekish, qator oralari va ariqlar bo'ylab ishlash hamda tomchilatib sug'orish texnologiyasiga mos ravishda faoliyat yuritish uchun mo'ljallangan. Mini zanjirli traktor yordamida piyoz urug'lari aniq va sifatli ekiladi, qator oralari yumshatiladi va ishlov beriladi, zararkunanda hamda kasalliklarga qarshi dori vositalari sepiladi, yetilgan piyoz hosili esa yig'ishtirib olinadi.
Qishloq xo'jaligi ishlarini avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan aqlli robotik qurilma. U sun'iy intellekt, sensorlar, GPS va avtomatik boshqaruv tizimlari yordamida ekinlarni kuzatish, purkash, begona o'tlarni aniqlash, sug'orish va hosil yig'ish kabi vazifalarni bajaradi. G'ildirakli, elektr quvvatli, pnevmatik purkagichli, begona o'tlarni aniqlovchi va to'liq avtonom agro robot hisoblanadi.
Qaytmas mini 1.0 — ilg'or razvedka, kuzatuv va aralashuv roboti. Murakkab vazifalar uchun ishlab chiqilgan, yuqori harakatlanish qobiliyati va vazifa modullari bilan jihozlangan taktik robot. Gusenitsali tuzilishi, integratsiyalangan kamera tizimlari va almashtiriladigan modullari bilan robot portlovchi moddalarni aniqlash, kuzatuv, xaritalash va aralashuv vazifalarida yuqori samaradorlikni ta'minlaydi. Yuqori chidamliligi tufayli har qanday atrof-muhit sharoitida uzluksiz xizmat bajaradi.
Ushbu loyiha 6DOF (Six Degrees of Freedom) texnologiyasiga asoslangan harakatlanuvchi parvoz simulyatorini yaratishga qaratilgan. Simulyator samolyotning uchish, qo'nish, burilish, tezlanish va turbulentlik holatlaridagi harakatlarini real vaqt rejimida aks ettiradi, foydalanuvchiga haqiqiy parvozga yaqin hissiyotlarni taqdim etadi. Tizim zamonaviy parvoz simulyatsiya dasturlari bilan integratsiyalashgan bo'lib, aviatsiya talabalari, uchuvchilar va muhandislarning amaliy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.
MuratMotors M-01 — O'zbekistonda birinchi mahalliy ishlab chiqarilgan formula uslubidagi trek sport mashinasi. Mashina po'lat truba shassi, mustaqil to'rt g'ildirak muallaq tizimi, 250cc motosikl dvigateli va alyuminiy kuzov elementlaridan iborat. Loyiha maqsadi — import sport avtomobillariga muqobil sifatida mahalliy bozor uchun arzon, ishonchli va yuqori samarali trek mashinasini yaratish. Prototip hozirda 80% tayyor bo'lib, dvigatel ishga tushirilgan va sinovdan o'tkazilgan.
Og'ir yuklarni uzoq masofaga tashish, logistika, qidiruv-qutqaruv va maxsus vazifalar uchun mo'ljallangan yuqori quvvatli uchuvchisiz havo platformasi.
"Health Station" — bu sun'iy intellekt va zamonaviy sensor texnologiyalari asosida inson salomatligining muhim ko'rsatkichlarini tezkor aniqlash va tahlil qilishga mo'ljallangan aqlli diagnostika platformasidir. Tizim yurak urishi, qon bosimi, tana harorati, bo'y va vazn kabi ko'rsatkichlarni qisqa vaqt ichida o'lchab, foydalanuvchiga natijalarni taqdim etadi. Har bir foydalanuvchi uchun shaxsiy kabinet yaratiladi va barcha o'lchov natijalari yagona bazada saqlanadi, bu esa foydalanuvchilarga o'z sog'lig'i dinamikasini kuzatish va tahlil qilish imkonini beradi.
Avtonom platforma — butun tizimning "yuragi" va poydevoridir. Tuzilishi: batareyalar bloki, elektr motorlar, amortizatsiya va tormoz tizimi to'liq mana shu yassi platforma ichiga joylashtiriladi.
Sun'iy intellekt va YOLO neyron tarmoqlariga asoslangan kompyuter ko'rish texnologiyasi yordamida mikrodronlar hamda kichik o'lchamli yerusti nishonlarini real vaqt rejimida avtomatik aniqlash, klassifikatsiya qilish, uzluksiz kuzatish hamda potensial xavf aniqlangan taqdirda nishonni avtomatik yo'q qilishga mo'ljallangan yuqori texnologik apparat-dasturiy mudofaa platformasi.