Asosiy sahifaga qaytish

Mudofaa sohasidagi Startap akseleratsiya dasturi ishtirokchilari

Harbiy muhandislik yo'nalishidagi Startap akseleratsiya dasturida tahsil oluvchi ishtirokchilar va ularning loyihalari.

30
Ishtirokchi
30
Startap loyiha
Ishtirokchilar
Abduxoliqov Dostonbek Rustambek o‘g‘li
Abduxoliqov Dostonbek Rustambek o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Tac-evac 2000 — masofadan boshqariladigan gusenitsali tibbiy evakuatsiya va transport roboti

Ixcham gusenitsali evakuatsiya va transport platformasi — og‘ir sharoitlarda yarador harbiy xizmatchilarni xavfsiz hududga tezkor evakuatsiya qilish hamda zarur tibbiy vositalar va yuklarni tashishga mo‘ljallangan masofadan boshqariladigan yoki yarim avtonom maxsus texnika. Platformada yarador uchun zambil tizimi, tibbiy jihozlar bo‘limi, akkumulyator bloki, ventilyatsiya tizimi, aloqa vositalari va yuk joylari ko‘zda tutilgan. Kompakt o‘lchamlari va gusenitsali yurish qismi uni notekis hamda murakkab relyeflarda qo‘llash imkonini beradi.

Tac-evac 2000 — masofadan boshqariladigan gusenitsali tibbiy evakuatsiya va transport roboti loyihasi
Islamov Murodxoja Muydinjonovich
Islamov Murodxoja Muydinjonovich
Ishtirokchi
Startap loyiha

Autosearch

Autosearch — bir-biridan uzoq masofada joylashgan radiorelealoqa stansiyalarining antenna qurilmalari bir-birlarining joylashgan joyini inson omilisiz aniqlash va korrespondent tomonga yo‘naltirish. Harbiy bo‘linmalar notanish hududlarga chiqib joylashganda aloqachi mutaxassislar tomonidan hududni o‘rganish, gorizont tomonlarini aniqlab so‘ngra antennani kerakli tarafga yo‘naltirish uchun ko‘p vaqt yo‘qotilishini inobatga olib, kelgusida ekipaj aralashuvisiz antenna o‘zining joylashgan koordinatalarini aniqlaydi, ikkinchi stansiya bilan koordinatalar ma’lumotlarini radioblok orqali almashish natijasida bir-birlariga nisbatan joylashuvini taqqoslab kerakli burchakka buradi va aloqa o‘rnatish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi.

Autosearch loyihasi
Raxmonov Shahzod Ilhom o‘g‘li
Raxmonov Shahzod Ilhom o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

“Ko‘zgu” FPV head tracking tizimi

Harbiy zirxli texnikalar, xususan, BTR va tank haydovchilari uchun zamonaviy elektron ko‘rish tizimini ishlab chiqishga qaratilgan innovatsion texnik loyiha bo‘lib, asosiy vazifasi haydovchining tashqi muhitni kuzatish imkoniyatlarini kengaytirish, ko‘rish tirqishlarining cheklanganligini kamaytirish va boshqaruv jarayonida qulay elektron ko‘rish muhitini yaratishdan iborat.

“Ko‘zgu” FPV head tracking tizimi loyihasi
Ro‘ziyev Bobur G‘anisherovich
Ro‘ziyev Bobur G‘anisherovich
Ishtirokchi
Startap loyiha

Mobil pelengator

Mobil Pelengator — real vaqt rejimida ultra qisqa to‘lqin diapazonida radionurlanish manbalarining joylashgan joyini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Mazkur vositalarning bir nechtasini lokal tarmoq yoki internet orqali birlashtirish orqali nurlanish manbasi joylashgan joyni aniqlash mumkin. Loyiha kuzatuv ostidagi davlatlarning chegaraoldi hududlarida joylashgan bo‘linmalarining radioaloqa vositalari nurlanish yo‘nalishlari va joylashgan joylarini aniqlashga qaratilgan.

Mobil pelengator loyihasi
Abdujabbarov Asadbek Alisher o‘g‘li
Abdujabbarov Asadbek Alisher o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Operativ radiochastota razvedkasi va FPV dronlar signalini lokalizatsiya qilishning izolyatsiyalangan apparat-dasturiy tizimi

Operativ radiochastota razvedkasi va FPV dronlar signalini lokalizatsiya qilishning izolyatsiyalangan apparat-dasturiy tizimi.

Operativ radiochastota razvedkasi va FPV dronlar signalini lokalizatsiya qilishning izolyatsiyalangan apparat-dasturiy tizimi loyihasi
Hojiyev Feruz Anvarovich
Hojiyev Feruz Anvarovich
Ishtirokchi
Startap loyiha

Pechora-2M majmuasi simulyatsion trenajori

Pechora-2M — zenit raketa kompleksining boshqaruv mashinasi hisobini jangovar ish bo‘yicha har xil sharoitlarda vazifani bajarish imkonini beruvchi kompyuterli simulyatsion dastur-trenajyor. Loyiha orqali havo nishonlari hujumini, havo nishonlarining yakson qilish zonasiga kirishini va ularning zenit boshqaruv raketasi bilan uchrashish nuqtasini hisoblash, raketaning havo nishoni tomon parvozi va uni urib tushirganligini imitatsiya qilish, otishni baholash, HHM ZRQ mutaxassislarini jangovar hisob tarkibida tayyorlash uchun real holatga yaqin vaziyat yaratish hamda jangovar hisobni cheklanmagan marta shug‘ullantirish amalga oshiriladi.

Pechora-2M majmuasi simulyatsion trenajori loyihasi
Abdumajitov Muhammadjon Isroiljon o‘g‘li
Abdumajitov Muhammadjon Isroiljon o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Zamonaviy HPM qurol tizimlarini UGV platformalarga moslashtirish

UGV (yerustdagi robotlashtirilgan platforma) orqali harakatlanuvchi ixcham HPM (yuqori quvvatli mikroto‘lqinli) dronlarga qarshi mudofaa tizimi — harbiy-texnik nuqtai nazardan juda dolzarb, zamonaviy va chuqur muhandislik yondashuvini talab qiladigan qurilma.

Zamonaviy HPM qurol tizimlarini UGV platformalarga moslashtirish loyihasi
Xolmurodov Abbosjon Jo‘rabek o‘g‘li
Xolmurodov Abbosjon Jo‘rabek o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Phantom Vision

FPV (First Person View) dron uchuvchilarining analog video ko‘zoynaklari (VRX) hamda dron versiyasidagi videouzatkich (VTX) o‘rtasidagi radioaloqaga ma’lum masofada kuchli xalaqit va bosim beruvchi Radio-Elektron Bosim (REB) qurilmasi.

Phantom Vision loyihasi
Ahmadjon Azamjon Akramjon o‘g‘li
Ahmadjon Azamjon Akramjon o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Ziyrak AI

“Ziyrak AI” — FPV dron orqali olingan tasvirni real vaqtda qayta ishlash, obyektlarni aniqlash, ularni toifalarga ajratish va natijalarini tushunarli tarzda foydalanuvchiga taqdim etishga qaratilgan loyiha. Tizim kompyuter ko‘rishi usullari yordamida rasmdagi texnikani belgilash, uning taxminiy toifasi hamda aniqlashning ishonchlilik ko‘rsatkichini aks ettirishni nazarda tutadi.

Ziyrak AI loyihasi
Allamurodov Baradullo Burxonovich
Allamurodov Baradullo Burxonovich
Ishtirokchi
Startap loyiha

Avianos-83

Avianos — kelajakda uchuvchisiz uchish apparatlarini suv havzalaridan boshqarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, suzish uzoqligi 60 metrni tashkil qiladi va 1 kilogramm yuk bilan harakatlana oladi.

Avianos-83 loyihasi
Teshaboyev G‘aybullo Furqatbek o‘g‘li
Teshaboyev G‘aybullo Furqatbek o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Mobil skaner

Qurolli Kuchlarning barcha kuch tuzilmalaridagi toifalangan va toifalanmagan hududlarga kirish qat’iy nazorat qilinadi. Shuning uchun nazorat o‘tkazish punktlaridagi xavfsizlik tizimini yanada kuchaytirish va sutkalik naryad xizmatini samarali tashkil etish muhim vazifa hisoblanadi. Hozirgi kunda nazorat o‘tkazish punktlarida mavjud metalldetektorlar hududga kirayotgan fuqarolarni faqat yakka holda tekshirish imkonini beradi, bu esa vaqtning ko‘p sarflanishiga olib keladi.

Mobil skaner loyihasi
Egamberdiyev Jamshid Murodjon o‘g‘li
Egamberdiyev Jamshid Murodjon o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Tartibbuzarlarni qo‘lga olish uchun xizmat itiga o‘rnatiladigan elektroshoker

Tartibbuzarlarni qo‘lga olish, ularni zararsizlantirish maqsadida xizmat itlari shlemiga maxsus elektroshoker o‘rnatiladi. Bu moslama ommaviy tartibbuzarliklar yoki qochishga uringan jinoyatchilarni qo‘lga olishda foydalaniladi. Kinolog tomonidan pult bilan boshqariladi.

Tartibbuzarlarni qo‘lga olish uchun xizmat itiga o‘rnatiladigan elektroshoker loyihasi
Boyqobilov Nurmurod Toshtemir o‘g‘li
Boyqobilov Nurmurod Toshtemir o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Temir qalqon

Temir qalqon — portlovchi qurilmalarni masofadan turib tekshirish va zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz yer usti roboti (UGV). Robot operator tomonidan masofadan boshqariladi hamda kamera, manipulyator va maxsus sensorlar yordamida xavfli hududlarda xavfsiz ishlash imkonini beradi. Loyiha sapyorlar xavfsizligini oshirish, operatsiyalar samaradorligini ta’minlash va inson hayotiga bo‘lgan xavfni kamaytirishga qaratilgan.

Temir qalqon loyihasi
O‘razaliyev Davronbek Rustam o‘g‘li
O‘razaliyev Davronbek Rustam o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Optik tolali avtonom dron

RER va REK (radioelektron razvedka va kurash) ta’siriga mutlaq chidamli kamikadze FPV droni. Aloqaning tabiiy yoki sun’iy sabablarga ko‘ra uzilishi holatlari uchun dronga maxsus avtonom rejim qo‘shilgan. Bu esa har qanday murakkab muhitda berilgan jangovar vazifaning yuqori aniqlikda bajarilishini ta’minlaydi.

Optik tolali avtonom dron loyihasi
Ziyodullayev Ruslan Shuhrat o‘g‘li
Ziyodullayev Ruslan Shuhrat o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

SwarmIntercept

SwarmIntercept — dushman dronlari to‘dasiga va FPV-dronlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan, bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qiluvchi va taqsimlangan jammer (radioelektron bosim) qo‘llovchi avtonom mini-dronlar tizimi. U xavf paydo bo‘lganda avtomatik havoga ko‘tariladi va dushman obyektlariga maksimal yaqin masofada yo‘naltirilgan nuqtali xalaqit beradi.

SwarmIntercept loyihasi
Amirqulov Jaloliddin Chorshambiyevich
Amirqulov Jaloliddin Chorshambiyevich
Ishtirokchi
Startap loyiha

Universal dekoder

Universal dekoder — UQT diapazonida nurlanayotgan yopiq raqamli signallarni texnik tahlil va radiomonitoring qilish, dekodlash hamda dekodlash natijasida olingan ovoz ma’lumotlarini yozib olish uchun mo‘ljallangan maxsus apparat-dasturiy vosita. Mazkur vosita bir vaqtning o‘zida 8 tagacha qabul qilgichni boshqarish imkoniyatini berib, ulardan qabul qilinayotgan raqamli signallar haqida to‘liq ma’lumotlarni taqdim etadi.

Universal dekoder loyihasi
Rahmatov Shohrux Rajabboy o‘g‘li
Rahmatov Shohrux Rajabboy o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

ZSU-23-2 simulyatori

Ushbu loyiha ZSU-23-2 zenit qurilmasini boshqarish ko‘nikmalarini xavfsiz muhitda o‘rgatishga mo‘ljallangan zamonaviy apparat-dasturiy VR simulyatoridir. Loyiha 3D muhitda kechikishsiz aloqa orqali amaliy mashg‘ulotlarni haqiqiy jangovar sharoitga maksimal darajada yaqinlashtiradi.

ZSU-23-2 simulyatori loyihasi
Yoqubjonov Foziljon Nosirjon o‘g‘li
Yoqubjonov Foziljon Nosirjon o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Wire-Leech

Yuqori kuchlanishli elektr simlariga qo‘nib, ularning magnit maydonidan induksion usulda tekin quvvat oluvchi va dronlarning parvoz vaqtini cheksiz uzaytiruvchi avtonom monitoring tizimi.

Wire-Leech loyihasi
Shaymirzayev O‘ktam Ro‘ziyevich
Shaymirzayev O‘ktam Ro‘ziyevich
Ishtirokchi
Startap loyiha

UUA-TQT

UUA-TQT — uchuvchisiz uchish apparatlarini to‘r orqali qurshab tutib olish uchun mo‘ljallangan qurilma. Yaqin masofada insonga xavf solayotgan, uchib kelayotgan dronlarni ushlab qolishga xizmat qiladi; aniq mo‘ljalga olish uchun kamera bilan jihozlangan.

UUA-TQT loyihasi
G‘aniyev Abror To‘rayevich
G‘aniyev Abror To‘rayevich
Ishtirokchi
Startap loyiha

Dron sapyor

Dron Sapyor — xavfli minalashtirilgan hududlardagi minalarni havodan kelib xavfsizlantiradi hamda uni zararsizlantirib, ehtiyotkorlik bilan ko‘taradi va xavfsiz hududga olib boradi.

Dron sapyor loyihasi
Abdullayev Nodirjon Sherali o‘g‘li
Abdullayev Nodirjon Sherali o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Xalaskor-26

Ushbu loyiha 6 g‘ildirakli platforma ustiga o‘rnatiladigan turli vositalar yordamida ko‘p funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan masofadan boshqariluvchi robot. Uning yordamida ekstremal sharoitlarda yaradorlarni olib chiqish, jang maydonini minalashtirish, o‘t o‘chirish, razvedka-kuzatuv harakatlarini olib borish, qurollar o‘rnatish hisobiga masofadan turib dushmanga zarba berish kabi vazifalar bajariladi.

Xalaskor-26 loyihasi
Ravupov Karimxo‘ja Sattor o‘g‘li
Ravupov Karimxo‘ja Sattor o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

“Obi zirak”

Suv ostiga tushadigan, kabel orqali operator boshqaradigan robot. Robotga kamera, yoritgich, sonar va chuqurlik sensori o‘rnatiladi. Operator qayiqda yoki qirg‘oqda turib, ekrandagi tasvir orqali robotni boshqaradi.

“Obi zirak” loyihasi
Mukumov Oybek Utkurovich
Mukumov Oybek Utkurovich
Ishtirokchi
Startap loyiha

Raqa — QR-kod asosidagi raqamli qurol saqlash va hisobga olish tizimi

“QR Code” orqali elektron hisobga olish, identifikatsiya qilish va saqlanish holatini nazorat qilishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim. Tizim ma’lumotlarni yagona elektron bazada saqlash va tezkor hisobot shakllantirish imkonini beradi.

Raqa — QR-kod asosidagi raqamli qurol saqlash va hisobga olish tizimi loyihasi
Anvarov Sharofidin Sobitali o‘g‘li
Anvarov Sharofidin Sobitali o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Face orqali otish tayyorgarligi monitoringi

O‘q otish mashg‘ulotlarini raqamlashtirish, qatnashuvchilarning bilim va amaliy tayyorgarligini avtomatik baholash hamda o‘q otish jarayonini xavfsiz va samarali boshqarish. Tizim qatnashuvchilarni ro‘yxatga oladi va kamera nazoratida test o‘tkazadi, test natijalarini avtomatik hisoblab yetarli ball olganlarga o‘q otishga ruxsat beradi, sensorlar orqali yiqilgan mishenlar sonini aniqlab natijalarni avtomatik baholaydi.

Face orqali otish tayyorgarligi monitoringi loyihasi
Bobobekov Rustam Bekmurod o‘g‘li
Bobobekov Rustam Bekmurod o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Oshxona platformasi

Loyihaning asosiy maqsadi — oshxona faoliyatini qog‘ozbozlikdan xalos etish, oziq-ovqat mahsulotlari sarfini aniq hisob-kitob qilish, menyu (taomnoma) tuzishni avtomatlashtirish va rahbariyatga oshxonada ovqatlanganlar soni, shaxsiy tarkibning to‘liq ma’lumoti va kirish vaqtigacha aniq statistik ma’lumotlarni yetkazib berishdan iborat.

Oshxona platformasi loyihasi
Ibrohimov Sherzod Islom o‘g‘li
Ibrohimov Sherzod Islom o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Face terminal

O‘zbekistonning milliy biometrik nazorat tizimi Smart Face Terminal — OrangePi mikrokompyuteri bazasida yaratilgan, sensorli ekran, yuqori aniqlikdagi kamera va sun’iy intellektga asoslangan milliy biometrik ruxsat berish (Access Control) qurilmasi.

Face terminal loyihasi
Ravshanov Bahrullo Abdukarimovich
Ravshanov Bahrullo Abdukarimovich
Ishtirokchi
Startap loyiha

Teplovizorli binokulyar

Loyiha teplovizorli binokulyar qurilmasini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, u kecha va kunduz sharoitida uzoq masofadagi obyektlarni kuzatish, harorat farqlarini aniqlash hamda murakkab ob-havo sharoitlarida ishonchli tasvir olish imkonini beradi. Qurilma 640×512 termal modul, germaniy obyektiv, ikki ko‘zli Micro-OLED okulyar, Zybo Z7-20 FPGA+ARM protsessor platasi va akkumulyator tizimidan tashkil topadi.

Teplovizorli binokulyar loyihasi
Xursanov Doniyor Damirjon o‘g‘li
Xursanov Doniyor Damirjon o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini sun’iy intellekt yordamida tekshirish qurilmasi

Mazkur qurilma harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarlik sinovlarini zamonaviy texnologiyalar yordamida avtomatik nazorat qilish va baholash uchun mo‘ljallangan. 1 km va 3 km yugurishda harbiy xizmatchiga GPS modul va yurak urish tezligini o‘lchovchi sensor taqiladi. Tizim yugurish masofasi, vaqti, tezligi va yurak urish tezligini real vaqt rejimida kuzatib, natijalarni avtomatik qayd etadi.

Harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligini sun’iy intellekt yordamida tekshirish qurilmasi loyihasi
Xo‘jayev Sevdiyor Ixtiyor o‘g‘li
Xo‘jayev Sevdiyor Ixtiyor o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

“Tog‘ yo‘lbarsi”

“Tog‘ yo‘lbarsi” — tor tog‘ so‘qmoqlarida yuk tashuvchi yordamchi robot. Bu robot suv, oziq-ovqat, asbob va tibbiy jihozlarni tashib, odam ko‘taradigan yukni kamaytiradi.

“Tog‘ yo‘lbarsi” loyihasi
Ergashev Shohimardon Nizomiddin o‘g‘li
Ergashev Shohimardon Nizomiddin o‘g‘li
Ishtirokchi
Startap loyiha

Kichik hajmli dron (FPV)ga qarshi to‘r otuvchi qurol

Loyiha kichik hajmli FPV dronlardan kelib chiqadigan xavfni kamaytirish maqsadida to‘r yordamida dronni shikastlamasdan tutib qolishga mo‘ljallangan qurilmaning ilmiy-texnik prototipini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Qurilma elektron boshqaruv, holatni nazorat qilish, xavfsiz ishga tushirish blokirovkasi va sinov natijalarini qayd etish tizimlari bilan jihozlanadi.

Kichik hajmli dron (FPV)ga qarshi to‘r otuvchi qurol loyihasi
Hech narsa topilmadi. Boshqa nom yoki loyiha bo'yicha qidirib ko'ring.